UFCning yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik jangining yangi sanasi ma’lum qilindi

  • 28.02.2022 11:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik Glover Teysheyra va Chexiya vakili Irji Proxazka o‘rtasidagi yarim og‘ir vazn toifasida UFC chempionlik kamari uchun jang may oyidan iyun oyiga ko‘chiriladi.Bu haqda ESPN  jurnalisti Mark Raymondi xabar berdi.

Ushbu qarorning sabablari oshkor etilmagan. Dastlab chempionlik uchun jang 7 may kuni Braziliyada "UFC 274" turniri doirasida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgandi.

Biroq, Endi Raymondining ta’kidlashicha, ushbu to‘qnashuv 11 iyun kuni AQShning Las-Vegas shahrida  "UFC 275" turniri doirasida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Glover Teysheyra 2021 yilning 30 oktyabr kuni "UFC 267 " turnirida Yan Blaxovich bilan jang qilib, chempionlik kamarini polyak jangchisidan tortib olgandi. Ushbu jang 2-raundda Teysheyraning bo‘g‘ish uslubi evaziga qo‘lga kiritgan g‘alabasi bilan yakunlangan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!