
Uilfrid Zaa uchun "Everton" 60 mln evro va forvardini berishga tayyor
Angliyaning "Everton" klubi "Kristal Pelas" xujumchisi Uilfrid Zaa uchun 60 mln evro va Jenk Tosunni berishga tayyor.
Bu "Arsenal" jamoasining taklifiga nisbatan ko‘proq. "Kanonirlar" 26 yoshli futbolchi uchun 40 mln evro taklif qilishgan edi.
"Everton" futbolchini "Chelsi"ga o‘tib ketishidan xavotirda. London klubini Eden Azar tark etdi, Pedro va Jiruning shartnomasi kelasi yili yakuniga etadi. "Chelsi" afrikalik futbolchi uchun "Kristal Pelas"ni qoniqtiradigan mablag‘ berishi mumkin.
Fikrlar