
Uimbldon. Jahonning birinchi raketkasi uchun turnir yakunlandi
“Katta dubulg‘a” turkumidan o‘rin olgan Uimbldon turniri o‘zining ayni qizg‘in pallasiga kirdi. Bugun sovrin jamg‘rarmasi 31 600 000 funtni tashkil etuvchi turnirning erkaklar o‘rtasidagi musobaqasida chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Uimbldon. Chorak finalga chiqqan 7 ta tennischi nomi ma’lum bo‘ldi
Hozirgina yakuniga etgan bahsda jahonning birinchi raketkasi Endi Marrey(Buyuk Britaniya) ATP reytingida 28-pog‘onda borayotgan Sem Kuerri(AQSh)ga imkoniyatni boy berdi. 2 soat 46 daqiqa davom etgan bahsda turnirning amaldagi g‘olibi 6:3, 4:6, 7:6, 1:6, 1:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.
Endi aqshlik tennischi yarim finalda Jil Myuller(Lyuksemburg) – Maren Chilich(Xorvatiya) juftligida g‘alaba qozongan tennischi bilan to‘qnash keladi.
Qizig‘i, ayollar o‘rtasidagi bahslarda ham WTA reytingida etakchilik qilayotgan Anjelika Kerber uchinchi davradayoq turnirni tark etgan edi.
Uimbldon. Jahonning birinchi raketkasi turnirni tark etdi
Uimbldon. Chorak final
Sem Kuerri (AQSh) – Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 3:6, 6:4, 6:7, 6:1, 6:1.
Fikrlar