
Uittaker Dyu Plessi nima uchun UFC da mag‘lubiyatsiz kelayotganini tushuntirdi
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker(24-7) amaldagi kamar sohibi Drikus Dyu Plessi(21-2)ning jang uslubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Drikus bilan jang qilgan har bir kishi uning qanchalik noqulay ekanligini biladi. U jangning birinchi soniyasidan so‘nggi soniyalarigacha qo‘llarini ishga soladi. Chap va o‘ng tomondandan zarbalar beradi. Men hech qachon bunday kombinatsiyalarni ko‘rmaganman. Bu yigit noqulay, u doimo pozitsiyasini o‘zgartiradi, bosim o‘tkazadi, zarbalar beradi va bo‘yda qolishga harakat qiladi. Uning bu noqulay uslubi doimo ishlaydi,garchi estetik jihatdan yoqimli bo‘lmasa-da”, – dedi Uittaker MMA HOUR da.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni Kanadaning Toronto shahrida bo‘lib o‘tgan "UFC 297" turnirining asosiy jangida Dyu Plessi Shon Striklendni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgan edi.
Fikrlar