
Ukrainalik futbolchi top-5 chempionatlarida eng zo‘r deb topildi
Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
"Atalanta" yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy individual harakatlari va jamoasining o‘yiniga qo‘shgan hissasi inobatga olgan holda hisoblanadigan maxsus formula yordamida 100 ballik imkoniyatdan 99 ball to‘pladi. 27 yoshli ukrainalik futbolchi o‘tgan oy A Seriyaning 3 ta bahsida o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Bu borada kuchli beshlikdan Meyson Grinvud (96 ochko, "Manchester Yunayted"), Alisson Beker (95, "Liverpul"), David Ospina (95, "Napoli") va Gilerme Maripan (94,7, "Monako") joy oldi.
“Atalanta” Malinovskiyni 2019 yilning yozida “Genk”dan 13,7 mln evroga sotib olgan edi.
Fikrlar