Ulug‘bek Baqoev "Mash’al"ga uchralgan mag‘lubiyatni qanday izohladi?

  • 14 sentabr, 2024, 11:43
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Pro ligada 19-turning markaziy uchrashuvida “Buxoro” “Mash’al” bilan bellashdi va 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoev mag‘lubiyat sababini quyidagicha izohladi:

- O‘yinning ko‘rdinglar, raqib uchrashuv boshida darvozabonning qo‘pol xatosidan foydalanib penaltidan gol urdi. Keyin esa o‘yin tenglashdi. Birinchi bo‘limda bir necha vaziyatlar bo‘ldi, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi bo‘limda ikkala jamoada ham yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, ammo “Masha’l” darvozaboni va himoyachilar yaxshi o‘ynashdi. Ikkita lider jamoalar to‘qnashdi. “Masha’l” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman, biz esa keyinga uchrashuvga tayyorlanamiz.

- Nima deb o‘ylaysiz, agar uchrashuv boshida penalti belgilanmaganida o‘yin nima bilan tugardi?

- Aytish qiyin. Menimcha, psixologik jihatidan bemalolrok bo‘lardik, balki gol ham urardik, faqat endi bu tarix. Fakt shundaki, “Masha’l” jamoasi 1:0 hisobida yutdi va uch ochko oldi. Men yigitlarga o‘yin uchun minnatdorman va keyingi bellashuvga tayyorlanamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!