Ulug‘bek Baqoev Osiyo Chempionlar ligasini ko‘zlayotgani, Ashurmatovga muxlisligi va Qo‘qondagi o‘yin haqida

  • 18 may, 2021, 20:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 9-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “So‘g‘diyona” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoev ishtirok etdi.

- O‘yinni o‘zingiz ko‘rdingiz, taymlar bir-biriga umuman o‘xshamadi. Birinchi bo‘lim shiddatkor bo‘ldi, ikkinchi taym biroz sokinroq o‘tdi. Bilmadim, bu nima bilan bog‘liq ekanligini. Balki ob-havoning issiqligi yoki shogirdlarim gol o‘tkazib yuborishdan qo‘rqdimi, balki shogirdlarim mag‘lubiyatga uchrashni istamagandir. Umuman olganda, bugun hech kim mag‘lub bo‘lishni istamadi. Stadionga kelgan muxlislar o‘yindan zavq oldi, deb o‘ylayman. Qo‘qon jamoasini hurmat qilaman.

Baxtiyor Ashurmatovga muxlisman, chunki u insondan ko‘p narsani o‘rganganman. Uning jamoasiga omad va  Ashurmatovning  keyingi ishlariga muvvafaqiyat  tilab qolaman.

Jamoamga omad kulib boqmoqdami? Balki bu ularning mehnatlarining natijasidir.

Futbolchilarim o‘z  darajasida to‘p surishmoqda. Bugungi o‘yin uchun ularga rahmat aytishim kerak.

Xakamlar o‘yinga qancha vaqt qo‘shishlari borasidagi savolga javob berishim qiyin. Ular bugun ko‘pchilik edilar. Bugun undan ham ko‘p yoki kam vaqt qo‘shishlari ham mumkin edi. Bu ularning ishi.

Har bir futbolchi terma jamoada o‘ynashni xohlaydi. Mening shogirdlarim ham kengaytirilgan ro‘yxatdan o‘rin olishgani biz uchun sharaf. O‘ylaymanki, shogirdlarim vatanimiz sha’nini munosib himmoya qilishadi. Ularga va terma jamoamizga omad tilayman.

Biz Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanma olsak, mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz. Nafaqat futbolchilar balki murabbiylar shtabi, rahbariyat ham bu ishni uddalashadi deb o‘ylayman.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!