
Umar Kremlyov AIBAdagi dastlabki o‘zgarishni amalga oshirdi
Xalqaro havaskor boks uyushmasi (AIBA) Kongressi yangi konstitutsiyani qabul qilish uchun ovoz berdi, deb xabar beradi tashkilot veb-sayti.
Kongress yig‘ilishi yakshanba kuni onlayn formatda bo‘lib o‘tdi. AIBAning yangi konstitutsiyasi 84 ta yoqlab, 25 ta qarshi va 21 ta betaraf ovoz oldi.
Eslatib o‘tamiz, shanba kuni AIBA prezidentligi saylovlari bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlyov g‘olib chiqqan edi.
Fikrlar