
Umar Nurmagomedovning tanilishi oson, chunki...
O‘ta engil vazn toifasidagi UFC jangchisi Merab Dvalishvili (18-4) rossiyalik Umar Nurmagomedov (18-0) haqida gapirdi.
“Umar hozircha kamarga munosib emas. U faqat kuchli 15 talikdagi 1 ta jangchini engdi xolos. Bu yigitning familiyasi mashhur. Shu bois ham uning tanilishi oson kechmoqda. Biroq menimcha, Umarning o‘rniga Deyvison Figeyredoga chempionlik jangini berish kerak” , - deya Merabning so‘zlarini keltirdi MMA Mania.
Eslatib o‘tamiz, “UFC 306”da Merab Dvalishvili Shon O’Mellini mag‘lub etib, chempionga aylandi.
Fikrlar