
Umtiti "Barselona"dan ketishni xohlamayapti
"Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti rahbariyatga jamoadan ketmoqchi emasligini ma’lum qildi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 25 yoshli frantsiyalik futbolchi kataloniyaliklar rahbariyatidan o‘zining transferi borasida bildiriladigan barcha takliflarni rad etishni so‘ragan. O‘z navbatida Umtitining bu iltimosi “Barsa”ning rejalarini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Chunki, “ko‘k-anor ranglilar” uning transferidan tushadigan mablag‘ evaziga “Ayaks” himoyachisi Mateys de Ligtni sotib olishni rejalashtirishayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Umtiti joriy mavsumning asosiy qismini jarohat sabab o‘tkazib yubordi va bor yo‘g‘i 12ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar