Umtiti qaysi shart evaziga "Barsa"dan ketishga tayyor?

  • 2 avgust, 2021, 12:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning frantsiyalik himoyachisi Samyuel Umtiti Kataloniya klubini tark etish bo‘yicha o‘z shartini ma’lum qildi.

Tecno

Diario Sport tarqatgan ko‘ra, Umtiti yangi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan yoki chempionlik uchun kurashadigan klubgagina o‘tishga rozi. So‘nggi haftalarda Umtitiga uchta klubdan takliflar tushgan, ammo ularning hech biri uni qoniqtirmagan.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" 27 yoshli fransuzdan qutulmoqchi, chunki uning maoshi soliqlarni hisobga olgan holda yiliga 16 million evroni tashkil qiladi.

Umtitining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!