
Umtitining PSJga o‘tishi haqiqatga qanchalik yaqin edi?
"Barselona" klubi himoyachisi Samuel Umtiti o‘zining Neymar evaziga PSJga o‘tishi borasida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.
“Tushunmayman, bunday mish-mishlarni qaerdan olishadi? Qaysidir kuni do‘stlarim menga “Arsenal”ga o‘tyapsanmi deb yozishgandi. Men “Barselona”da qolishni xohlayman. O‘sha paytda mening agentim chindn ham “Arsenal” bilan bog‘langanmi yoki yo‘q, bu meni qiziqtirmaydi. Men xatto boshqa jamoalarning menga bo‘lgan qiziqishlarini ham muhokama qilishni xohlamaganman.
Mening Neymar transferida ayriboshlash tangasi bo‘lishim mumkinligi haqidagi mish-mishlar aqlsizlik. Bu juda kulgili. Bu mish-mish muhokama qilishimga ham arzimaydi. Men bolaligimdan “Barselona”da o‘ynashni orzu qilaman”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli Umtiti “Barselona” safiga 2016 yil “Lion”dan 25 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar