
"Uni instagramdagi obunachilar qiziqtiradimi yoki fidoyilik?"
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Grem Suness Pol Pogbaning MYu bilan shartnomasini uzaytirishga qarshi.
"Agar "Manchester Yunayted" Pogbaga yangi shartnoma taklif qilsa, bu faqat to‘langan 89 million funtning bir qismini qoplash niyatida qilinadi.
"Qizil iblislar"ning barcha raqiblari Polning qolishini xohlaydi. Bu o‘z-o‘zidan ko‘p savollarga javob beradi. Ba’zan o‘zimdan uni nima qiziqtirar ekan deb so‘rayman: Instagramdagi obunachilarmi yoki maydondagi fidoyilik?
Angliyada transfer rekordi yangilanishidan avval Fergyusondan kimdir maslaxat olganmi? Shubhasiz, APL tarixidagi eng yaxshi murabbiyning tajribasidan hech kim foydalanmagan", - dedi Suness.
Fikrlar