Uni jamoada qolishga ko‘ndirishdi

  • 28 iyun, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” iste’dodli himoyachi Kiran Tirni bilan yangi shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

Tecno

“Kanonirlar” 23 yoshli shotlandiyalik futbolchi bilan uzoq muddatli kelishuv imzolagan. Biroq, shartnoma muddati va moliyaviy tomonlar sir tutilmoqda.

- Biz Kiran bilan uzoq muddatli hamkorlik bitimini tuzganimizdan mamnunmiz. Uning o‘yinini ko‘rgan odam darrov katta salohiyatli o‘yinchi ekanini tushunib etadi. U jamoamizda uzoq muddat qolishi uchun yangi shartnoma tuzildi, - dedi “Arsenal” sport direktori Edu.

- Bu biz uchun ajoyib yangilik bo‘ldi. Menga murabbiy sifatida Tirni bilan ishlash yoqadi. Uning sifati, energiyasi, professionaligi maydonda va hayotda doimo yuqori darajada, - deb mamnunligini bildirdi bosh murabbi Mikel Arteta.

Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, shartnoma 2026 yilning yozigacha imzolangan ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!