Uni "Real"ga qo‘yib yuborishmayapti
Frantsiyaning "Renn" klubi yosh iste’dodli futbolchisi Eduardo Kamavingani sotib yuborishni xohlamayapti.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 17 yoshli futbolchi uchun "Real" asosiy da’vogar hisoblanadi. Ammo, “Renn” uni qo‘yib yubormoqchi emas.
Aytish lozimki, Kamavingaga shuningdek, "Barselona", "Liverpul" va PSJ klublaridan ham qiziqishlar bor. Ammo uning o‘zi “Real”ga o‘tish istagida.
Eduardo Kamavinga joriy mavsum “Renn” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar