Uning gollari "Roma"ga eng ko‘p ochko keltirdi - Davron Fayziev Eldor Shomurodovning zaxirada qolishiga asosiy sababni aytdi

  • 21 mart, 2022, 09:55
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan "Roma" va "Latsio" jamoalari o‘rtasidagi Rim derbisini "bo‘rilar" 3:0 hisobida o‘z foydasiga hal etdi.

Tecno

Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanali orqali rimliklar hujumchisi Temmi Abraham haqida fikr bildirdi:

"Ayni vaqtda Temmi Abraham:

• "Roma"ga kelgach 23 bor gol urdi. Bu angliyalik barcha futbolchilar orasida eng yaxshi natija;
• 2022 yil boshidan beri top ligalarda faqat Levandovski Abrahamdan ko‘p gol urdi;
• U Rim derbisi tarixidagi eng tezkor golni urdi (56-sekund). Ketidan yana urdi.
• Uning gollari "Roma"ga eng ko‘p ochko keltirdi.
• Yozda "Chelsi" uni 40 millionga "Roma"ga sotdi va o‘rniga 113 millionga Lukakuni taklif etdi. Jamoaga foyda keltirishda farq ulkan va hozir narxlar teskari holatga qarab o‘zgarib bormoqda.

Eldor Shomurodov zaxirada qolishiga asosiy sabab shu, u hozirda Evropadagi eng stabil va sermahsul hujumchilardan biri bilan raqobat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Asad Jamil
21/03/2022 11:56
Lekin Eldor zaxirada otiradigan yoshdamsde Temmi bomasa Afenyaga ishonvotti Mou