
Klopp baribir ketmaydi
Joriy mavsumda “Liverpul”ning ishlari kutilganidek yurmayapti. Yurgen Klopp jamoasi Angliya premer-ligasi musobaqa jadvalining o‘rta qismida joylashgan va katta ehtimol bilan Chempionlar ligasiga yo‘llanma beradigan kuchli to‘rtlikka kira olmaydi.
Shunga qaramay, germaniyalik mutaxassis o‘zini xotirjam tutmoqda. Chunki klub rahbariyati unga to‘liq ishonch bildirmoqda va vaziyatni o‘nglay olishiga ishonadi.
Bundan tashqari, “Liverpul” yanvar oyida birorta yangi transferni amalga oshirmaydi. Klopp qo‘l ostidagi o‘yinchilar bilan kifoyalanishiga to‘g‘ri keladi.
Germaniyalik murabbiy “qizillar”ni 2015 yildan beri boshqarmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha tuzilgan.
Fikrlar