
Universiada sport musobaqalaridan o‘rin olgan dzyudo sport turining respublika final bosqichi Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi
Universiada sport musobaqalaridan o‘rin olgan dzyudo sport turining respublika final bosqichi Termiz shahrida bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Qoraqalpog‘iston respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar oliy talim muassasalaridan 274 nafar talaba-sportchilar ishtirok etishdi.
Kurash majmuasida tashkil etilgan bellashuvda o‘g‘il bolalar 7 ta vaznda bahslashgan bo‘lishsa, qizlar ham 7 ta vazn toifasida g‘oliblik uchun o‘zlarining jismoniy mahoratlarini namoyish qilishdi.
Musobaqada umumjamoa hisobida:
1-o‘rinni Buxoro viloyati
2-o‘rinni Surxondaryo viloyati
3-o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.
Yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqada g‘olib spotchilar munosib taqdirlanishdi. Ularga medal, diplom hamda esdalik sovg‘alar topshrildi.
Fikrlar