Upamekano uchun "Chelsi" ham kurashga qo‘shildi

  • 10 yanvar, 2021, 12:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" ham "RB Leyptsig" himoyachisi Dayot Upamekano uchun kurashga qo‘shildi.

Tecno

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda, "aristokratlar" 22 yoshli futbolchini joriy qishki transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olmoqchi. Aytish lozimki, Upamekanoning tovon puli 45 million evroni tashkil etadi.

"Chelsi" Dayotni yaqin kelajakda jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Antonio Ryudiger, Andreas Kristensen va Fikayo Tomori o‘rniga munosib nomzod sifatida qaramoqda.

Upamekano uchun “Chelsi”dan tashqari "Arsenal", "Bavariya", "Barselona", "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari ham da’vogarlik qilmoqda.

Dayot Upamekano joriy mavsum “RB Leyptsig” safida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!