Usikning super og‘ir vazndagi debyuti omadli chiqdi

  • 13.10.2019 09:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgina AQShning Chikago shahrida yakunlangan Aleksandr Usik hamda Chazz Uizerspun o‘rtasidagi jang yakunlandi. Dastlabki raundlardanoq ukrainalik bokschi tashabbusni qo‘liga olishga harakat qildi. U oyoqlaridagi faol harakatlari evaziga, birinchi va ikkinchi raundlarda bir nechta aniq zarbalar yo‘lladi. O‘z o‘rnida Chazz ham bu raundlarda munosib himoya bilan birga qarshi hujumlar uyushtirib turdi. Uchinchi va to‘rtinchi raundlar ham shu tarzda davom etdi. Faqat bokschilar biroz faollashdi. Chazz ham xavfli zarbalar yo‘llay boshladi. Usik asosan uzoqroq masofadan jang olib borishni maqul ko‘rdi. Albatta bu to‘g‘ri tanlangan taktika edi. Chunki yaqin masofada Chazzning kuchli zarbalar yo‘llash ehtimoli ko‘proq bo‘lgan bo‘lardi. Beshinchi raundga kelib, Usik ringda o‘z hokimligini to‘la-to‘kis o‘rnatdi. Uning o‘ng qo‘lidagi "jeb" zarbalari va "kombinatsiya"lari aniq ko‘rinish ola boshladi. 6-raund so‘ngida ukrainalik bokschi bir nechta kuchli va aniq zarbalar yo‘lladi. Faqatgina bong AQShlikni qutqarib qoldi. 7-raundda Chazzda charchoq alomatlari sezildi. Oqibatda juda kuchli zarbalarni o‘tkazib yubordi. AQShlik bokschi asosan bitta zarbani o‘ylab, ringda harakat qildi. Shunchaki yakkalik "kross" zarbasiga tayandi holos. 7-raunddagi holatidan kelib chiqib, Chazzning murabbiylari 8 -raundga chiqishini maqul ko‘rishmadi va to‘g‘ri qilishdi. Chunki, asta-sekin ushbu jang nokautga qarab ketayotgan edi. Xullas, Aleksandr Usikni super og‘ir vazndagi debyuti omadli chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!