UZ Football Awards. Superliga-2021ning eng chiroyli goliga da’vogarlar ma’lum qilindi (Video)

  • 19 dekabr, 2021, 15:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi. 

UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar nominatsiyalar bo‘yicha nomzodlarni e’lon qilib bormoqda. Endi esa Superliga-2021 mavsumida kiritilgan eng chiroyli golga nomzodlar bilan tanishing:

UZ Football Awards-2021

Superliga-2021. Yilning eng chiroyli goliga nomzodlar:

Doniyor Ismoilov (“Andijon” – “Surxon” uchrashuvida kiritgan goli)

Marko Stanoevich (“Nasaf” – “Turon”)

Sardor Abduraimov (“Mash’al” – AGMK)

Doniyor Abdumannopov (“Andijon” – AGMK)

Azimjon Ahmedov (“Qo‘qon-1912” – “Navbahor”)

Bilolxon Toshmirzaev (“Lokomotiv” – “Turon”)

Lutfulla To‘raev (“Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912”)

Elguja Grigalashvili (“Qizilqum” – “Turon”)

Muhammadkarim Toirov (AGMK – “Andijon”).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!