Uzbek Tigers - China Dragons qarama-qarshiligi Osiyo chempionatida davom ettiriladi

  • 03.05.2017 21:46
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zining kuchli zarbalari bilan raqiblarini qiyin ahvolga solib qo‘yayotgan hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘zievning yarim finaldagi raqibi nomi ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Biroz avval 81 kg vazn toifasida yakuniga etgan chorak final bahsida Xitoy jamoasi vakili Jyabin Huan malayziyalik Adli Hafidiz Mohdga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang yakuniga qadar ustunlikni o‘z qo‘lida ushlab turgan Chin yurtidan tashrif buyurgan bokschi yakunda ochkolar hisobiga g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yarim finalda Bektemir Meliqo‘ziev aynan ushbu bokschiga qarshi jang qiladi. Ushbu bahs 5 may sanasining kechki dasturlarida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu bokschilar 18 mart kuni “World Series of Boxing”ning C guruhidan o‘rin olgan boks kechasida ringga chiqishgan edi. “Uzbek Tigers” sharafini himoya qilgan Bektemir Meliqo‘ziev Jyabin Xuanni nokautga uchratgan holda o‘z jamoasiga g‘alaba taqdim etdi.

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!