
“Uzbekistan Sport Awards-2021”: Barcha nominatsiyalarda g‘oliblar nomi ma’lum
Toshkent shahrida joylashagan "Hilton mehmonxonasida “Uzbekistan Sport Awards-2021” Milliy mukofoti g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi yakuniga etdi.
Qo‘yida barcha sovrindorlar bilan tanishing:
Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun nominatsiyasi g‘olibi - Bahodir Masidovich.
“Yilning eng faol ommaviy sport targ‘ibotchisi” - Mudofaa vazirligi sport markazi.
“Yilning eng faol sport jurnalisti” – “Sport TV” telekanali jurnalisti Shafoat Tolibjonova.
“Yilning eng faol sport foto muxbiri” – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi foto muxbiri Almurat Mamadaminov.
“Yilning eng tomoshabop sport tadbirlari tashkilotchisi” - O‘zbekiston aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi.
“Yilning eng faol sport muxlisi” - Abduraxmon Fozilov.
“Sport yo‘nalishi bo‘yicha yilning eng faol matbuot xizmati” - O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
“Yilning eng faol sport sayti” - “Sports.uz”.
“Yilning eng yaxshi hududiy turizm va sport bosh boshqarmasi” - Farg‘ona viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi.
“Yilning eng faol sport blogeri” – instabloger, “MY5” telekanali xodimi Hilola Isoqova.
“Yilning eng yaxshi sport terma jamoasi” – og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi!
“Yilning eng faol sport maktabi” - Buxoro tumani bolalar-o‘smirlar sport maktabi.
“Yilning eng yaxshi murabbiyi” - Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitovning murabbiyi Xan Pavel.
“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” – boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Nigina O‘ktamova!
“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” – erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempioni Kamronbek Kadamov!
“Yilning eng matonatli erkak sportchisi” – para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Elbek Sultonov!
“Yilning eng matonatli ayol sportchisi” – para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Nurxon Kurbonova!
“Yilning eng yaxshi para sport murabbiyi” – para engil atletika bo‘yicha murabbiy Sardor Abduxalikov!
“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” – para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Boburjon Omonov!
“Yilning eng yaxshi yosh matonatli sportchisi” – para engil atletika bo‘yicha Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Asila Mirzayorova!
“Yilning eng saxiy sport homiysi” - “QIZILQUMSEMENT” aktsiyadorlik jamiyati, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksidorlik jamiyati, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyati va Orient Finans Bank – Xususiy aktsiyadorlik tijorat banki.
“Yilning eng halol hakami” - dzyudo bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam, Xalqaro dzyudo federatsiyasining ko‘plab musobaqalardagi asosiy bahslarida hakam sifatida ishlagan Ramziddin Saidov.
“Yilning eng yaxshi sport federatsiyasi” - O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi.
“Yilning eng intiluvchan federatsiyasi” - O‘zbekiston tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlariga sportchisi yo‘llanma olgan O‘zbekiston o‘q otish federatsiyasi.
“Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo‘shgan hissasi uchun” – Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov taqdirlandi.
“Yil kashfiyoti” sovrini – taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Ulug‘bek Rashitov!
Muxlislar o‘rtasidagi so‘rov natijalariga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” – boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Bahodir Jalolov!
Respublika Komissiyasi xulosasiga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” O‘zbekiston Milliy kubogi g‘olibi – og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari va jahon chempioni Akbar Jo‘raev!
Fikrlar