
Uzoq kutilgan Messi - Ronaldu yoxud "Barselona" - "Yuventus" uchrashuvini kim sharhlaydi?
Bugun Evropa Chempionlar ligasi "G" guruhi 6-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Yuventus" bellashuvi bo‘lib o‘tadi.
Lionel Messi - Krishtianu Ronaldu qarama-qarshiligini muxlislar uzoq kutishdi. Ushbu jamoalar ishtirokidagi to‘qnashuvinining dastlabkisini portugaliyalik futbolchi koronavirus sabab o‘tkazib yuborgandi. Endi ishqibozlar ikki buyuk futbolchining o‘zaro o‘yinini yana kuzatishlari mumkin.
Ushbu bahsni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev "Futbol TV"da sharhlab boradi. Bu haqda Davron Fayzievning o‘zi telegramdagi sahifasida xabar berdi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 01:00da boshlanadi.
Fikrlar