Vadim Abramov "Dinamo"da Andrey Shipilovning natijasini takrorladi. Vaziyat jiddiy

  • 19 sentabr, 2022, 10:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Dinamo” jamoasi kecha safarda “Neftchi”ga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi va Superligada qolish imkoniyatini yanada murakkablashtirib yubordi. Bosh murabbiylikka Vadim Abramov kelganidan so‘ng ham vaziyat o‘zgarmadi. Chunki jamoa Vadim Karlenovich boshchiligida hali g‘alaba qozongani yo‘q. Natija quyidagicha: 5 ta o‘yin, 1 durang va 4 mag‘lubiyat.

O‘zPFL matbuot xizmati qiziq statistikani havola qildi. Unga ko‘ra, “Dinamo”da Abramovdan oldin ishlagan sobiq bosh murabbiy Andrey Shipilov ham aynan 5 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, uning natijalari Abramovniki bilan bir xil: 5 o‘yin, 1 durang va 4 mag‘lubiyat. Faqat to‘plar nisbatida kichik farq bor. Shipilov davrida 5 ta gol urilgan va 9 ta to‘p o‘tkazilgan. Abramovda esa bu ko‘rsatkich 5-13.

Oldinda 7 ta tur qoldi. “Dinamo” 8 ochko bilan so‘nggi o‘rinda. Undan bir pog‘ona yuqorida turgan “Surxon” hisobida 16 ochko bor. Bu yil Superligani ikkita klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri tark etishini va 12-o‘rin egasi pro ligada 3-o‘rin sohibi bilan pley-offda kuch sinashishini inobatga olsak, “Dinamo”ning keyingi taqdiri oydinlashib qolmoqda...

dinamo statis

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!