
Vadim Abramov: "Dinamo"ga tajriba etishmadi
"O‘ylashimcha, hisob o‘yinga mos bo‘ldi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlarga ham o‘yin ma’qul bo‘ldi, deb o‘ylayman. Samarqandda o‘ynash doimo zavq bag‘ishlaydi. «Dinamo» yaxshi, kelajagi bor jamoa. Bugun ham ko‘rdik, mezbonlar kuchli ishtiyoq evaziga harakat qildi, ayrim vaziyatlarda ularga tajriba etishmadi.
Penalti? Fikrimcha, bu 100 foiz penalti. O‘ylashimcha, mezbonlar o‘z uyida yutqazgani uchun qiziqqonlik qilishyapti. Raqib bu yil hisobidan hali o‘z uyida yutqazmaganini bilardim. O‘z maydonida qanday o‘ynashini ham taxmin qilgandim va taxmin qilganimdek bo‘ldi. Shunchaki, biz o‘z darajamizda o‘ynamaganimiz va hali hisob 0:1 bo‘lib turganida vaziyatlardan foydalanmaganimiz sababli biroz qiynaldik. Qolaversa, keraksiz joyda o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqdik. O‘yin oxirida omad biz tarafda bo‘ldi va g‘alaba to‘pini kiritdik", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti.
Fikrlar