Vadim Abramov: "O‘yindagi ko‘p to‘xtalishlar muxlislarga ham yoqmadi"

  • 21 aprel, 00:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Superliganing 6-turidan o‘rin olgan “Andijon” – “Dinamo” (1:2) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.

- Ajoyib o‘yin bo‘ldi, deb o‘ylayman. Muxlislar ham ajoyib o‘yin guvohiga aylandilar. Maydonda 120 daqiqa o‘ynadik. Har safar o‘yinni to‘xtatadi-da va ancha vaqt to‘xtalish bo‘ldi. Bu hech kimga, xususan muxlislarga ham yoqmadi. Bunday to‘xtalishlar xokkeyda bo‘ladi. Qandaydir tushunarsizlar holatlar. Bitta vaziyatni VAR ko‘radi va ancha vaqt ketadi. Tushunish qiyin bo‘lgan vaziyatlar. “Andijon” ham yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Ayniqsa, ikkinchi taymda ularda imkoniyat ko‘p bo‘ldi. O‘yinchi almashtirishlaridan so‘ng standart vaziyatlardan yanada yaxshi foydalanishlarini bilardim. Ba’zi vaziyatlarda “Andijon” yaxshi o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsa-da, omad ham kelmadi. Lekin oxirgi daqiqalarda biz yaxshi harakat qildik va omadimiz chopdi.

- Ulug‘bek Abdullaev o‘yinning asosiy epizodlaridan biri bo‘ldi. Ancha xissiyotli vaziyat yuz berdi.

- Emotsiyalar deysizmi? Ha, o‘sha holatda unday qilmasligi kerak edi. Lekin umumiy ma’noda olganda, yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Undan qon chiqdi va demak bu holatda raqib bilan jiddiyroq to‘qnashuv bo‘lgan bo‘ladi. Penalti haqida ham gapirmoqchiman. O‘sha holatda hakam vaziyatga juda yaqin turgandi. Nimaga bunday qarorga keldi, bilmadim. Nahotki, VARga murojaat qilish shartmidi?

- O‘tgan mavsumda ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Anvar Hojimirzaevga bu mavsumda nima etishmayapti?

- Anvar yaxshi o‘yinini ko‘rsatmadi. Buni o‘zi ham bilib turibdi. Lekin unga ishonaman. Keyingi uchrashuvlarda o‘zini yaxshi tomonlarini ko‘rsatadi. Jamoamizning ishonchli o‘yinchilaridan.

- 10 yil ichida birinchi marta Andijonda “Dinamo” g‘alaba qozondi. O‘yindan avval yutishinglarga ishonganmidingiz?

- Albatta, biz g‘alaba qozonish maqsadida kelgandik. Xususan, uzoq yo‘l bosib kelgan muxlislarimiz uchun ham alohida rahmat deb qolamiz. 10 yil bo‘lgan bo‘lsa, biz buni yana davom ettirishimiz kerak. Chunki Kubokda yana bir marotaba “Andijon” bilan o‘yinimiz bor. Yaxshi tayyorgarlik ko‘ramiz.

- Bunday atmosferada o‘ynash oson emas. Ayniqsa, muxlislar juda kuchli ishqibozlik qilishadi. Bunday muhitga va raqibning standartlariga tayyormidingiz?

- Albatta, tayyor edik. O‘yindagi vaziyatlarga ko‘p bor asabiylashdim. Baribir gol o‘tkazib yubordik. Ba’zi holatlarda futbolchilarimiz to‘pga ulgurmay qolgan holatlar bo‘ldi. Kubok o‘yiniga boshqacha tayyorgarlik ko‘ramiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!