
Vadim Abramov Singapurga qarshi o‘yin oldidan O‘zbekiston MTJ safida bitta yo‘qotish borligini aytdi
Ertaga O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan bahsda Singapur bilan bellashadi. Bugun mazkur uchrashuv oldidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Jurnalistlar savollariga javob bergan Vadim Abramov tarkibdagi barcha futbolchilar sog‘-salomatligini aytdi. Ammo Oybek Bozorovda diskvalifikatsiya borligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirilgan eng qimmat 5 futbolchi
O‘zbekiston MTJ Saudiyadagi saralashda hali o‘yin o‘tkazmadi. Ammo xavotirlar oshmoqda
FIFA reytingida O‘zbekistonning jahon chempionati saralashidagi raqiblari nechanchi o‘rinlarda?
O‘zbekiston MTJga chaqirilgan futbolchilarning yangilangan transfer narxi qancha ekanligini bilasizmi?
O‘zbekiston - Singapur o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da start oladi.
Ayni payt Abramov shogirdlari 5 turda 9 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda. Birinchi pog‘onadagi Saudiya Arabistoni 6 bellashuvda 14 ochkoni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar