"Valensiya" 70 yillik rekordni takrorladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kecha Ispaniya La Ligasining 11-turida peshqadamlardan biri hisoblangan “Valensiya” o‘z maydonida “Leganes” klubini qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

E’tiborlisi, ushbu g‘alaba “ko‘rshapalaklar” uchun joriy mavsum chempionatdagi ketma-ket ettinchisi bo‘ldi. Shu tariqa “Valensiya” o‘zining 70 yillik rekordini takrorladi. Qayd etish lozimki, ushbu jamoa so‘nggi bor 1947 yilda Ispaniya chempionatida ketma-ket 7ta uchrashuvda g‘alaba qozonishni uddalagan.

Ma’lumot uchun, “Valensiya” o‘tgan 11ta turning 8tasida g‘alaba qozongan va 3tasida durang o‘ynagan. Hozircha biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan “Valensiya” turnir jadvalida 27 ochko to‘plagan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!