"Valensiya" Gameyroga o‘rinbosarni bundesligadan topdi

CHERY AUTO

"Lion" frantsiyalik futbolchi Kevin Gameyro transferi masalasida "Valensiya"ga rasmiy taklif bilan chiqdi. AS nashri xabariga ko‘ra, futbolchining o‘zi yanvar oyida "ko‘rshapalaklar" tarkibini tark etish niyatida emas.

Tecno

Shunga qaramasdan, "Valensiya" Gameyroning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan nomzod tayyorlab qo‘ydi. Manba xabariga ko‘ra, klub egasi Piter Lim agar Gameyro yoki jamoaning boshqa bir forvardi Ruben Sobrino qishda ispan klubini tark etadigan bo‘lsa, unda ular "Borussiya Dortmund! hujumchisi Pako Alkaserni sotib olishga rozilik bergan.

26 yoshli Alkaser "Valensiya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Bir yil oldin nemis klubi futbolchini "Barselona"dan 28 million evroga xarid qilgan edi.

Ushbu mavsumda Alkaser "Borussiya libosida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi, bundesligada esa 11 ta o‘yin o‘tkazib beshta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!