
"Valensiya"ga ijaraga berilgan futbolchi MYuga qaytib bormoqchi emas
Ayni damda ijara asosida Ispaniyaning “Valensiya” klubi safida to‘p surayotgan Andreas Pereyra mavsum o‘rtasida jamoani tark etmoqchi emas.
Transfer huquqi Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga tegishli bo‘lgan Pereyra yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida ijaraga berilgan edi. Shartnoma shartlariga ko‘ra esa, Pereyra yanvarda “qizil iblislar” safiga qaytishi lozim. Biroq futbolchining o‘zi buni istayotgani yo‘q.
“Men mavsum so‘nggiga qadar “Valensiya”da qolishni va bu jamoaga yordam berishni istayman. Men bu erga kelayotganimda o‘zimga aynan shunday maqsad qo‘ygan edim.
Shartnomada qaytishim borasida band mavjud, buni bilaman. Biroq kutish lozim, men hozir “Valensiya”da qolmoqchiman”, – deb uning so‘zlarini keltirib o‘tdi Super Deportes.
Fikrlar