"Valensiya"ni plagiatda ayblashmoqda
Klubning 100 yilligi munosabati bilan klub ko‘rshapalak aks etgan yangi logotip tayyorlangan edi. DC Comics esa klubni g‘oya o‘g‘riligida, plagiatni ayblamoqda. Studiya Intellektual mulk huquqlari bo‘yicha Evropa qo‘mitasiga bu borada shikoyat qilgan.
"Valensiya" rahbariyati esa bu ayblovni inkor etmoqda. Klubning ta’kidlashicha, studiya ko‘rshapalak ramzi uchun tijoriy huquqqa ega emas.
"Bizning jamoa ko‘rshapalak ramzi tushirilgan libosda o‘ynay boshlaganida, ular Amerikaga bizonlar uchun qochib ketishgan edi", - deb "Valensiiya" rahbariyatining so‘zlarini keltirib o‘tdi El Confidencial.
Qayd etish joiz, "Valensiya" 1919 yildan buyon ko‘rshapalak ramzi tushirilgan logotipdan foydalanib keladi. Betmen haqidagi komikslar esa 1939 yilda yaratilgan.

Fikrlar