Valeriy Gazzaev: Bilishimcha Golovin allaqachon "Chelsi" bilan shartnoma imzolagan

  • 6 iyul, 2018, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur mutaxassis Valeriy Gazzaevning so‘zlariga ko‘ra TsSKA yarim himoyachisi Aleksandr Golovin allaqachon “Chelsi” bilan shartnoma imzolagan.

Tecno

“Menimcha qaerda o‘ynashni Golovinning o‘zi hal qilishi kerak. Bilishimcha u allaqachon “Chelsi” bilan shartnoma imzolab bo‘lgan. Menimcha bu uning uchun yaxshi imkoniyat va to‘g‘ri kelishuv. Bir tomondan bu Golovin uchun ijobiy bo‘lsa, ikkinchi tomondan unga katta mas’uliyat ham yuklaydi.

U jahon chempionatida, Chempionlar ligasida va ichki chempionatda o‘zini ko‘rsata oldi va endi katta klublarda o‘ynashga tayyor deb o‘ylayman”, - deydi Gazzaev.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Golovinga “Yuventus” hamda “Monako” klublaridan ham takliflar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!