Valexo Ronaldudan ko‘plab narsalarni o‘rgangani haqida gapirdi

  • 18.07.2025 23:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid"ni yaqinda tark etgan Xesus Valexo sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Krishtianuning klubdan ketishi uning maydondagi katta ro‘li sabab, jamoamiz uchun juda qiyin bo‘ldi. U nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida xam etakchi edi.

Men uning kundalik odatlaridan ayrimlarini o‘zlashtirishga harakat qildim. Ronaldu kiyinish xonasiga juda barvaqt kelardi. Mashg‘ulotlarda hammadan ko‘p mehnat qilardi va buning natijasini maydonda ko‘rsatar edi. U qachon bor kuchini ishlatishni va qachon kuch tejashni juda yaxshi bilardi. Bu jihatdan haqiqiy professional edi" - deya ta’rif berib o‘tdi

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2018 yilda Chempionlar ligasi finalidan so‘ng Madrid klubini tark etishini e’lon qilgan edi. Valexo esa hozirda "Albasete" sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!