Valverde "Barselona"dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi
"Real" yarim himoyachisi Federiko Valverde futbolchilarda istak yo‘qligidan afsusda. Madrid klubi Ispaniya Superkubogi finalida "Barselona"ga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
"Chempion bo‘lishni istasang, maydonga chiqib, 100foiz boringizni berishingiz kerak. O‘ylashimcha, bizga shu narsa etishmadi.
Biz maydonga 80-90 foiz bor kuchimizni berishga tayyor bo‘lgan holda tushdik. Bunday raqibga qarshi finalda bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak", - dedi urugvaylik yarim himoyachi.

Fikrlar