
Valverde "Real"dan Saudiyaga ketmasligini ma’lum qildi
"Real" futbolchisi Federiko Valverde kelgusi faoliyati haqida gapirib o‘tdi.
"Ayni vaqtda Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishning umuman iloji yo‘q. 10, 20 yoki 30 million evro kabi summaning hech qaysisi hayotimni o‘zgartira olmaydi.
Men "Real"daman, dunyoning eng ajoyib jamoasida. Madriddagi hayot menga yoqadi, oilam ham men kabi fikrda ekaniga shubham yo‘q", - dedi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, Valverde joriy mavsum La Liganing 19 o‘yinida bitta gol va 2 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar