
Van de Bek MYuda qoladimi?
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek qishki transfer oynasi vaqtida klubdan ketmoqchi emas.
The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher APL 18-turi "Fulxem"ga qarshi o‘yin oldidan futbolchi bilan gaplashib, unga mavsumning qolgan qismida ko‘proq imkoniyat berishi haqida aytib o‘tgan.
Van de Bek va Sulsher o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tgan, muloqotdan niderlandiyalik futbolchining ko‘ngli to‘lgan, deyiladi yuqorida nomi keltirilgan manbada.
O‘z navbatida, klub rahbariyati ham qishki transfer oynasi vaqtida van de Bek bo‘yicha bildiriladigan barcha takliflarga rad javobini bermoqchi. Shuningdek, uning klubda qolishi Pol Pogbaning yozda MYuni tark etish ehtimoli bilan ham bog‘liq. Frantsiyalik futbolchining klub bilan shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi, shuning uchun "qizil iblislar" uni kelayotgan transfer oynasi vaqtida sotib yubormoqchi.
Joriy mavsumda 23 yoshli futbolchi APL bahslarida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Angliya kubogida "Liverpul"ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda o‘yinni boshlab, 66-daqiqada zaxiraga olindi.
Fikrlar