Vaqtinchalik murabbiyni mensimagan futbolchidan "Barsa" etakchilari g‘azabda

  • 9 noyabr, 2021, 17:55
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning ayrim futbolchilari braziliyalik pleymeyker Filippe Koutinodan norozi kayfiyatda. 

"Onzefrom TV3" nashrining xabar berishicha, Koutinoning mashg‘ulot va o‘yinga bo‘lgan munosabati jamoa etakchilarini g‘azablantirmoqda. La Liga 13-turidan o‘rin olgan bahsning ikkinchi bo‘limida Filippe maydonga tushishdan bosh tortdi, biroq uning o‘zi bu xabarni rad etmoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, "ko‘k-anor ranglilar"ni vaqtincha boshqargan Barxuan "Selta"ga qarshi o‘yinning birinchi taymi yakuniga yaqin Koutinoga mashg‘ulotlarga kirishishni buyurgan. Filippe esa "hozir kerak emas, birozdan so‘ng tanaffus bo‘ladi", - deya javob bergan. 

O‘yindan so‘ng Kataloniya klubining obro‘li futbolchilari 29 yoshli yarim himoyachini so‘zlari va munosabati uchun qattiq qoraladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!