
Vasiliy Lomachenkoni MMAda tasavvur qila olasizmi? Konor MakGregorning bu boradagi fikri ajoyib bo‘ldi
UFC ning sobiq chempioni Konor MakGregor Kievdagi matbuot anjumanida ukrainalik bokschilarga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
“Men Ukraina boksining juda kuchli ekanligidan xabarim bor. Vasiliy Lomachenkoni juda yaxshi bilaman. U MMAda o‘zini sinab ko‘rishi kerak. Men uning bu borada ham muvaffaqiyatga erishishiga ishonaman.
Usik og‘ir vaznga o‘tishi kerak edi. Shunday ham qildi. U juda yaxshi bokschi. Uning og‘ir vazndagi faoliyati juda qiziq bo‘ladi ”,- dedi MakGregor.
Fikrlar