
Vaskes sobiq klubiga qaytishi mumkin
"Real"ning sobiq futbolchisi Lukas Vaskes yangi jamoa izlashda davom etmoqda. Tajribali ispaniyalik futbolchida La Ligada qolish varianti bor - uning transferiga "Espanol" jiddiy da’vogarlik qilmoqda, deb yozadi Marca.
Eslatib o‘tamiz, Vaskes faoliyati boshida "Espanol" sharafini himoya qilgan. Yaqinda OAVda Lukasga "Milan" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Avvalroq, yozda futbolchi "Real"ni tark etgandi. 34 yoshli futbolchi "qaymoqranglilar" safida 2007 yildan buyon to‘p surib, jami 402 ta o‘yinda maydonga tushgan. Bu vaqt ichida u 23 ta sovrinni qo‘lga kiritdi: besh marta Chempionlar ligasi, beshta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, to‘rtta UEFA Superkubogi, to‘rt martadan Ispaniya chempioni va Ispaniya Superkubogi sohibi bo‘ldi va bir marta Ispaniya kubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar