Velosport. Kuskova Xorvatiyadagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi

  • 7 mart, 2023, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Velosport bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Xorvatiyadagi “Porec Trophy Ladies” turnirida ishtirok etishdi. Unda hamyurtimiz Yanina Kuskova g‘alaba qozondi va oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Sportchimiz uzunligi 116 km masofani tashkil etgan poygada nomdor raqibalarini ortda qoldirishga erishdi. Mazkur startda o‘z omadini sinab ko‘rgan Olga Zabilenskaya sakkizinchi natijani qayd etdi. Ushbu musobaqa orqali Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida Kuskova 40, Zabelinskaya 3 reyting ochkosiga ega bo‘lishdi.

Yanina Kuskova (O‘zbekiston) – 3:05:18

Lara Jillespie (Irlandiya) – 3:05:19

Urska Pintar (Sloveniya) – 3:05:19

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!