Velosport. Terma jamoamiz Osiyo chempionatidagi ilk medalini qo‘lga kiritdi

  • 22 fevral, 2024, 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Hindistonda o‘tayotgan velotrek bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk medalini qo‘lga kiritdi. Mazkur medal Nikita Svetkov hisobiga yozildi.

Hamyurtimiz erkaklar o‘rtasida kechgan “elimination” dasturida kumush medal sohibiga aylandi. Svetkov qiziqarli kechgan poygada faqatgina yaponiyalik Shunsuke Imamuraga imkoniyatni boy berdi. Bronza medali esa qozog‘istonlik Ramis Dinmuhamedovga nasib etdi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!