Velosportchilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashmoqda

  • 23 sentabr, 12:05
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Ruandaning Kigali shahrida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun unda qatnashayotgan O‘zbekiston terma jamoasi o‘z ishtirokini boshlaydi.

Tecno

Hamyurtlarimizdan birinchi bo‘lib Samira Ismoilova startga chiqadi. Sportchimiz yoshlar o‘rtasida 18.3 km masofada kechadigan yakkalik shaxsiy vaqt poygasi dasturida bellashadi.

Mazkur dunyo birinchiligida qatnashadigan terma jamoamiz a’zolarining chiqishi haqidagi ma’lumot:
26 sentyabr: Muhriddin Sapparov, yoshlar o‘rtasida guruh poygasi;
26 sentyabr: Nikita Svetkov, U23 toifasida guruh poygasi;
27 sentyabr: Yanina Kuskova, ayollar o‘rtasida guruh poygasi;
28 sentyabr: Murodjon Xolmurodov, erkaklar o‘rtasida guruh poygasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!