Velosportchilarimiz Qozog‘istonda shohsupaga ko‘tarildi

CHERY AUTO

Mazkur musobaqaning yakuniy 5-bosqichining yakkalik poygalarida hamyurtimiz M.Xolmurodov marraga uchinchi bo‘lib etib keldi. Shuningdek, ushbu bosqichda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari umumjamoa xisobida  ikkinchi pog‘onadan o‘rin oldi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, M.Xolmurodov ayni kunlarda Prezidentimizning “O‘zbekiston sportchilarini 2020 yil Tokio (Yaponiya) shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Olimpiya o‘yinlariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

U endi 9-11sentyabr kunlari Hindistonda velotrek yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogida va 22-29 sentyabr kunlari Buyuk Britaniyaning Yorkshir shahrida veloshosse yo‘nalishi bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi. Mazkur musobaqalar sportchimizga Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarni taqdim etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!