Venger Jiruni qo‘yib yubormoqchi emas

  • 11 dekabr, 2017, 11:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Arsen Venger mavsum davomida jamoa hujumchisi Olive Jiruning xizmatlariga tayanmoqchi va uni qishki transferlar davrida qo‘yib yubormoqchi emas.

Tecno

“Jiru muhim futbolchi hisoblanadi. Shunday ekan, muhim futbolchini nega sotishimiz kerak? Uning kelajagi bizga bog‘liq. U o‘tgan tur gol urishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa ajoyib. Men uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘ryapman”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Jiruning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning yoziga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!