Venger va Mourinodan biri yangi mavsumda APL klubini boshqarishi mumkin

  • 3 iyun, 2019, 00:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin vaqtlar ichida "Nyukasl" klubi xo‘jayiniga aylanadigan shayx Holid bin Zayid Al Naxoyon jamoa boshqaruviga qaysi mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra BAA qirollik oilasi a’zosi hisoblangan shayx Holid “qarg‘alar” boshqaruviga Arsen Venger yoki Joze Mourinoni olib kelmoqchi. Jamoaning amaldagi ustozi Rafael Benites esa o‘z lavozimini tark etadi.

Eslatib o‘tamiz, Vengerning so‘nggi ish joyi "Arsenal" klubi bo‘lgan edi. U 2018 yilning yozidan buyon ishsiz hisoblanadi. Mourino esa 2018 yilning dekabrida "Manchester Yunayted"dan iste’foga chiqarilgan edi va u ham ayni damda ishsiz hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Nyukasl” o‘tgan mavsum APLning 13-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!