Ventola: Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushmasa, "Yuventus" yana g‘alaba qozonadi

  • 02.03.2021 11:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Inter” va “Atalanta” klublari sobiq hujumchisi Nikola Ventola “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“Agar Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushmasa, “Yuventus” yana g‘alaba qozonadi. Ular yaxshiroq markaziy hujumchi bilan shartnoma imzolashlari kerak. “Yuve” Ronalduga juda qattiq bog‘lanib qolgan. Bu holatda jamoa rivojlanmaydi”, - dedi Ventola.

36 yoshli Ronaldu joriy mavsum A Seriyada 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!