"Verder" yarim himoyachisi politsiyaga musht tushurgani uchun qamoqqa olindi

Bremenning “Verder” klubi yarim himoyachisi Sambu Yatabare Parij shahrida nohush holatga sababchi bo‘ldi.

Bild nashrining xabar berishicha, 28 yoshli futbolchi Sharl-de-Goll aeroporti yaqinida politsiya tomonidan to‘xtatilgan va shundan so‘ng ular o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra u shundan keyin politsiya xodimi tomon otilgan va uning ko‘ziga musht tushirgan. Natijada, tartib posboni kuchli zarbadan so‘ng erga qulagan. Yatabare esa shu zahotiyoq qo‘lga olingan.

Ma’lumot uchun, frantsiyalik futbolchi yakunlangan mavsum Germaniya Bundesligasida bor yo‘g‘i 2ta uchrashuvda ishtirok etgan. Biroq, u ushbu bahslarda o‘z hisobiga 1ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!