
Vergil Ortis vazn ko‘tarmoqda, Shahram G‘iyosov jahon chempionlik kamari uchun jang qilishi mumkin!
Professional boksning yarim o‘rta vaznda (66,6 kg) janglar olib borayotgan Verjil Ortis endi super yarim o‘rta vaznga (69,8 kg) o‘tadi. Bu haqda uning promouteri Oskar De La Xoyya xabar bergan.
U 8 iyul kuni WBA Regular kamari egasi Eymantas Stanyonisga qarshi jang qilishi kerak edi. Ammo sog‘lig‘idagi muammo sabab jang bekor qilindi. Katta ehtimol bilan bu vazn haydash bilan bog‘liq.
Agarda Ortis vazn ko‘tarsa, Stanyonisga qarshi hamyurtimiz Shahram G‘iyosov jangga buyurilishi mumkin!
Fikrlar