Vermalen yana APLga qaytishi mumkin

  • 05.04.2019 08:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Kataloniyaning "Barselona" klubi himoyachisi Tomas Vermalen yana Angliya premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli belgiyalik futbolchiga "Vest Xem" va "Uotford" klublaridan qiziqishlar mavjud. Biroq, ushbu jamoalar Vermalenga faqatgina 1 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Vermalen uchun APL begona emas. Boisi, u “Barselona”ga kelgunicha “Arsenal” safida bir necha mavsum to‘p surgan.

Ma’lumot uchun, Tomas Vermalen joriy mavsum “Barselona” safida jami 11ta o‘yinda ishtirok etdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!